Bazis'dagi .b3d faylni botga tashlang — har detal uchun QR tayyor. Usta skanerlaydi: detal 3D'da yonadi, o'lchami, materiali va teshilish sxemasi telefonida. Qog'oz chizma kerak emas.
Bazis-Mebelshik'dan .b3d faylni @detalqr_bot ga tashlang — bot o'zi o'qiydi: panellar, furnitura, teshilish, animatsiya. Yoki Bazis ichidagi skriptdan 📤 Yuborishni bosing — model fayl saqlamasdan, aynan Bazis'dagi ko'rinishida (teksturalari bilan) serverga o'zi ketadi.
Havola va QR darhol keladi. A4 varaqda 15 tadan tayyor birka PDF — chop etib detallarga yopishtirasiz yoki havolani ustaga yuborasiz.
Usta telefon kamerasi yoki USB skaner bilan QR'ni o'qiydi — detal 3D'da yonadi, barcha ma'lumoti ekranda. Internet uzilsa ham ishlayveradi.
Bazis ichida skript: 📤 Yuborish bosildi — model serverda, .b3d faylni saqlab yurish ham shart emas. Model aynan Bazis'dagi ko'rinishida keladi: dekorlar, teksturalar, ranglar. Xuddi Базис.Облако — lekin funksiyalari ortig'i bilan.

detalQR endi faqat QR emas — biznesingizni yuritadigan vosita ham. Telegram Mini App ichida: zakazlar, ishchilar, kontragentlar. Kelishuv narxini yozasiz — tannarx bog'langan modellar smetasidan o'zi keladi, foyda darrov ko'rinadi. Qog'oz daftar, Excel va kalkulyator — endi bitta ilova.
QR o'qilishi bilan detal 3D modelda yonib ajraladi, qolgani shaffoflashadi. Kodi, nomi, aniq o'lchami, materiali va teshiklar soni — bitta panelda.

Har detal uchun CAD uslubidagi 2D chizma: teshiklar diametri va chuqurligi bilan, A/B yuzalar alohida. 115 teshikli panel ham tartibli ro'yxat bilan.

Slayderni suring — model havoda «yoyiladi», qaysi detal qayerga turishi darrov tushunarli. Krepyoj rangli belgilar bilan o'z joyida ko'rinadi.

Panellar material nomidan o'z dekorini oladi: yog'och o'z tolasida, glyanets yaltiraydi, oynalar shaffof. Loyihadagi o'lchamlar ham 3D'da ko'rinadi.

Texnolog chizgan asl chertyoj (.ldw/.bln) endi telefonda: teshiklar jadvali, o'lchamlar, shtamp — hammasi Bazis'dagidek. Botga chizma faylini tashlang, kerakli detalda «Bazis chizmasi» tugmasi o'zi chiqadi.

Bazis ichida bitta skript — 📤 tugma bosildi, model serverda. Xuddi Базис.Облако — lekin QR birka, chizma va smeta ham bor.
Zakaz, kelishuv narxi, tannarx smetadan, harajat, ishchi-avans, kontragent oldi-berdi — foyda o'zi hisoblanadi.
.ldw/.bln chertyojlar detalga bog'lanib telefonda ochiladi — jadval, o'lcham, shtamp bilan.
Botning ichida boshqaruv paneli: modellar, skanerlash statistikasi, jamoa va brend sozlamalari.
Har model uchun material, kromka va xizmatlar narxi avtomatik — Mini App'da bir bosishda.
Struktura endi Bazis'dagidek: panellar bilan birga furnitura ham guruh bo'yicha, dona-dona.
Har funksiya uchun alohida qisqa dars — /qollanma sahifasida, o'zbek va rus tilida.
Birinchi ochilishda 4 qadamlik jonli ko'rsatma: aylantirish, masshtab, tanlash, eshik ochish.
Detal chizmasiga o'tish va 3D'ga qaytish endi yuklanishsiz — soniya ulushida.
Yuboruvchi ismini yozadi, xabar brend jamoasiga ham boradi: xato modeldami yoki dasturda — bir tugmada belgilanadi.
Hech narsa o'rnatilmaydi: barchasi oddiy brauzerda ishlaydi.
Ustaxonadagi kompyuterga skaner ulang — otdi, detal ekranda. Hech narsa bosilmaydi.
QR yirtilib ketdimi? Kodni terib ham detalni ochish mumkin.
Har bir skanerlash serverda qayd etiladi — detal topildi yoki topilmadi belgisi bilan.
Petlya, minifix, evrovint — 3D'da rangli belgilar, jami ro'yxat bilan.
Eshiklar ochilib, tortmalar chiqib — mebel «jonlanadi».
Telefon orqali mebel real o'lchamda xonangizda turadi.
Bir marta ochilgan model internet uzilsa ham ishlayveradi (PWA).
Interfeys bir tugmada almashadi — har usta o'z tilida.
Usta ismini yozib xatoni yuboradi — rasm va detal kodi bilan. Xabar brend jamoasiga ham boradi, javob Telegram'da.
Mijoz ochadigan sahifada sizning logotipingiz va nomingiz.
Qayta yuklasangiz — eski havola va QR'lar ishlayveradi.
Telefon, planshet, kompyuter, hatto ustaxonadagi televizor — bitta sayt moslashadi.
Botga yozmasdan ham ko'ring — bu haqiqiy buyurtma modeli. Telefon kamerasini QR kodga to'g'rilang yoki tugmani bosing.
Bir necha daqiqa: .b3d yuborasiz — QR tayyor. Bepul, test rejimida.